حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَلاَمٍ، قَالَ أَخْبَرَنَا وَكِيعٌ، عَنْ سُفْيَانَ، عَنْ مُطَرِّفٍ، عَنِ الشَّعْبِيِّ، عَنْ أَبِي جُحَيْفَةَ، قَالَ قُلْتُ لِعَلِيٍّ هَلْ عِنْدَكُمْ كِتَابٌ قَالَ لاَ، إِلاَّ كِتَابُ اللَّهِ، أَوْ فَهْمٌ أُعْطِيَهُ رَجُلٌ مُسْلِمٌ، أَوْ مَا فِي هَذِهِ الصَّحِيفَةِ. قَالَ قُلْتُ فَمَا فِي هَذِهِ الصَّحِيفَةِ قَالَ الْعَقْلُ، وَفَكَاكُ الأَسِيرِ، وَلاَ يُقْتَلُ مُسْلِمٌ بِكَافِرٍ.
Ash-Shaʼbiy rivoyat qiladi: Abu Juhayfa dedi: «Men Alidan: ‹Sizda (Qurʼondan boshqa) Paygʻambar ﷺ ga nozil qilingan biror kitob bormi?› — deb soʻradim. Ali: ‹Yoʻq, faqat Allohning Kitobi, yoki musulmonga berilgan (Qurʼonni) tushunish (qobiliyati), yoki shu sahifadagi (narsa)›, — dedi. Men: ‹Bu sahifada nima bor?› — dedim. Ali: ‹(Unda) diyya (qon evazi), asirlarni ozod qilish va kofir (oʻldirilgani) uchun musulmon qisos qilib oʻldirilmasligi (haqida)›, — dedi».