حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، قَالَ حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عِيسَى بْنِ طَلْحَةَ بْنِ عُبَيْدِ اللَّهِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَقَفَ فِي حَجَّةِ الْوَدَاعِ بِمِنًى لِلنَّاسِ يَسْأَلُونَهُ، فَجَاءَهُ رَجُلٌ فَقَالَ لَمْ أَشْعُرْ فَحَلَقْتُ قَبْلَ أَنْ أَذْبَحَ. فَقَالَ " اذْبَحْ وَلاَ حَرَجَ ". فَجَاءَ آخَرُ فَقَالَ لَمْ أَشْعُرْ، فَنَحَرْتُ قَبْلَ أَنْ أَرْمِيَ. قَالَ " ارْمِ وَلاَ حَرَجَ ". فَمَا سُئِلَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عَنْ شَىْءٍ قُدِّمَ وَلاَ أُخِّرَ إِلاَّ قَالَ افْعَلْ وَلاَ حَرَجَ.
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ (soʻnggi) Hajlarida Minoda odamlar uchun (bir oz) toʻxtadilar va ular u zotdan (savollar) soʻrayotgan edi. Bir kishi kelib: «Men unutib, Hadiyni (qurbonlikni) soʻyishdan oldin sochimni oldirib qoʻydim», — dedi. U zot: «Zarari yoʻq, endi soʻyaver», — dedilar. Soʻng boshqasi kelib: «Men unutib, jamratga tosh otishdan (Ramyidan) oldin (qurbonlikni) soʻyib qoʻydim», — dedi. U zot: «Endi tosh ot, zarari yoʻq», — dedilar. Roviy qoʻshimcha qildi: Oʻsha kuni u zotdan (Haj amallaridan) oldin yoki keyin qilingan biror narsa haqida soʻralsa, u zot: «Qilaver, zarari yoʻq», — der edilar.