حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، قَالَ أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ، عَنِ ابْنِ أَبِي خَالِدٍ، عَنْ قَيْسِ بْنِ أَبِي حَازِمٍ، عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ الأَنْصَارِيِّ، قَالَ قَالَ رَجُلٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ، لاَ أَكَادُ أُدْرِكُ الصَّلاَةَ مِمَّا يُطَوِّلُ بِنَا فُلاَنٌ، فَمَا رَأَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فِي مَوْعِظَةٍ أَشَدَّ غَضَبًا مِنْ يَوْمِئِذٍ فَقَالَ " أَيُّهَا النَّاسُ، إِنَّكُمْ مُنَفِّرُونَ، فَمَنْ صَلَّى بِالنَّاسِ فَلْيُخَفِّفْ، فَإِنَّ فِيهِمُ الْمَرِيضَ وَالضَّعِيفَ وَذَا الْحَاجَةِ ".
Abu Masʼud al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Rasululloh ﷺ ga: «Yo Rasululloh, falonchi (imom) bizga namozni choʻzib yuborgani uchun, men (jamoat) namoziga (deyarli) kelolmay qolyapman», — dedi. Roviy: «Men Paygʻambar ﷺ ni vaʼzda oʻsha kungidek gʻazablangan holda hech koʻrmaganman», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Ey odamlar! Baʼzingiz (boshqalarni) yaxshilikdan (namozdan) sovutasiz. Bas, kim odamlarga imomlik qilsa, (namozni) qisqa qilsin; chunki ular orasida kasal, kuchsiz va (yumushi bor) muhtoj kishilar bor», — dedilar.