حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، قَالَ أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، قَالَ أَخْبَرَنِي أَنَسُ بْنُ مَالِكٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم خَرَجَ، فَقَامَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ حُذَافَةَ فَقَالَ مَنْ أَبِي فَقَالَ " أَبُوكَ حُذَافَةُ ". ثُمَّ أَكْثَرَ أَنْ يَقُولَ " سَلُونِي ". فَبَرَكَ عُمَرُ عَلَى رُكْبَتَيْهِ فَقَالَ رَضِينَا بِاللَّهِ رَبًّا، وَبِالإِسْلاَمِ دِينًا، وَبِمُحَمَّدٍ صلى الله عليه وسلم نَبِيًّا، فَسَكَتَ.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kuni Rasululloh ﷺ (odamlar oldiga) chiqdilar. Abdulloh ibn Huzofa turib: «Mening otam kim?» — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Otang — Huzofa», — dedilar. Soʻng u zot (gʻazab bilan) takror-takror: «Xohlaganingizni mendan soʻranglar», — dedilar. Shunda Umar Paygʻambar ﷺ oldida tizzalab oʻtirib, uch marta: «Biz Allohni Robb, Islomni din va Muhammadni Paygʻambar (deb) rozi boʻldik», — dedi. Shundan soʻng Paygʻambar ﷺ jim boʻldilar.