حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَاحِدِ، حَدَّثَنَا الشَّيْبَانِيُّ، قَالَ سَمِعْتُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ أَبِي أَوْفَى ـ رضى الله عنه ـ قَالَ سِرْنَا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَهْوَ صَائِمٌ، فَلَمَّا غَرَبَتِ الشَّمْسُ قَالَ " انْزِلْ، فَاجْدَحْ لَنَا ". قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ، لَوْ أَمْسَيْتَ. قَالَ " انْزِلْ، فَاجْدَحْ لَنَا ". قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ، إِنَّ عَلَيْكَ نَهَارًا. قَالَ " انْزِلْ، فَاجْدَحْ لَنَا ". فَنَزَلَ، فَجَدَحَ، ثُمَّ قَالَ " إِذَا رَأَيْتُمُ اللَّيْلَ أَقْبَلَ مِنْ هَا هُنَا فَقَدْ أَفْطَرَ الصَّائِمُ ". وَأَشَارَ بِإِصْبَعِهِ قِبَلَ الْمَشْرِقِ.
Abdulloh ibn Abu Avfo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Allohning Rasuli ﷺ bilan safarda edik va u zot roʻzador edilar; quyosh botganda, u zot (birovga): «(Ulovdan) tush va bizga saviqni suvga qorishtirib ber», — dedilar. U: «Yo Rasululloh, (kechgacha kutmaysizmi)?» — dedi. Paygʻambar ﷺ yana: «(Ulovdan) tush va bizga saviqni suvga qorishtirib ber», — dedilar. U: «Yo Rasululloh, hali kunduz-ku», — dedi. Paygʻambar ﷺ yana: «(Ulovdan) tush va bizga saviqni suvga qorishtirib ber», — dedilar. Bas, u (ulovdan) tushdi va oʻsha (buyruqni) bajardi. Soʻng Paygʻambar ﷺ: «Tun mana shu tomondan kelayotganini koʻrganingizda, roʻzador (kishi) roʻzasini ochsin», — dedilar va barmoqlari bilan sharq tomonga ishora qildi.