حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ فَضَالَةَ، حَدَّثَنَا هِشَامٌ، عَنْ يَحْيَى، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، أَنَّ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ حَدَّثَتْهُ قَالَتْ، لَمْ يَكُنِ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يَصُومُ شَهْرًا أَكْثَرَ مِنْ شَعْبَانَ، فَإِنَّهُ كَانَ يَصُومُ شَعْبَانَ كُلَّهُ، وَكَانَ يَقُولُ " خُذُوا مِنَ الْعَمَلِ مَا تُطِيقُونَ، فَإِنَّ اللَّهَ لاَ يَمَلُّ حَتَّى تَمَلُّوا، وَأَحَبُّ الصَّلاَةِ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم مَا دُووِمَ عَلَيْهِ، وَإِنْ قَلَّتْ " وَكَانَ إِذَا صَلَّى صَلاَةً دَاوَمَ عَلَيْهَا.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ hech bir oyda Shaʼbon oyidan koʻra koʻproq roʻza tutmas edilar. U zot: «Oʻzingiz qodir boʻlgan amallarni qilinglar — chunki sizlar (ibodatdan) charchab (zerikib) qolmaguncha, Alloh (savob berishdan) charchamaydi (toʻxtamaydi)», — der edilar. Paygʻambar ﷺ ga eng sevimli (ibodat) — ozgina boʻlsa ham, muntazam (doimiy) qilinadigan(i) edi. Paygʻambar ﷺ biror namoz oʻqiganda, uni muntazam oʻqir edilar.