حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ يُوسُفَ، أَخْبَرَنَا مَالِكٌ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ أَنَّ رِجَالاً، مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أُرُوا لَيْلَةَ الْقَدْرِ فِي الْمَنَامِ فِي السَّبْعِ الأَوَاخِرِ، فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَرَى رُؤْيَاكُمْ قَدْ تَوَاطَأَتْ فِي السَّبْعِ الأَوَاخِرِ، فَمَنْ كَانَ مُتَحَرِّيَهَا فَلْيَتَحَرَّهَا فِي السَّبْعِ الأَوَاخِرِ ".
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ ning sahobalaridan baʼzilariga tushida — Qadr kechasi Ramazonning oxirgi yetti kechasida (ekanligi) — koʻrsatildi. Allohning Rasuli ﷺ: «Koʻrinishicha, sizlarning tushlaringiz — (Qadr kechasi) oxirgi yetti kechada (ekanligi haqida) — bir-biriga muvofiq (keldi); bas, kim uni (Qadr kechasini) izlashni xohlasa, (Ramazonning) oxirgi yetti (kechasida) izlasin», — dedilar.