حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ صَالِحٍ أَبِي الْخَلِيلِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الْحَارِثِ، رَفَعَهُ إِلَى حَكِيمِ بْنِ حِزَامٍ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " الْبَيِّعَانِ بِالْخِيَارِ مَا لَمْ يَتَفَرَّقَا ـ أَوْ قَالَ حَتَّى يَتَفَرَّقَا ـ فَإِنْ صَدَقَا وَبَيَّنَا بُورِكَ لَهُمَا فِي بَيْعِهِمَا، وَإِنْ كَتَمَا وَكَذَبَا مُحِقَتْ بَرَكَةُ بَيْعِهِمَا ".
Hakim ibn Hizom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Sotuvchi va xaridor — ular ajrashmaguncha (yoki ajrashguncha) — (savdoni) saqlab qolish yoki (qaytarib) berish ixtiyoriga ega. Agar ikki tomon ham rost soʻzlab, (molning) ayblari va yaxshiliklarini bayon qilsa, ularning savdosiga barakat (beriladi); agar ular yolgʻon soʻzlab yoki biror narsani yashirsa, ularning savdosidagi barakat yoʻqoladi», — dedilar.