حَدَّثَنَا عُمَرُ بْنُ حَفْصٍ، حَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، قَالَ حَدَّثَنِي شَقِيقٌ، عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ مِنَ الأَنْصَارِ يُكْنَى أَبَا شُعَيْبٍ فَقَالَ لِغُلاَمٍ لَهُ قَصَّابٍ اجْعَلْ لِي طَعَامًا يَكْفِي خَمْسَةً، فَإِنِّي أُرِيدُ أَنْ أَدْعُوَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم خَامِسَ خَمْسَةٍ، فَإِنِّي قَدْ عَرَفْتُ فِي وَجْهِهِ الْجُوعَ. فَدَعَاهُمْ، فَجَاءَ مَعَهُمْ رَجُلٌ فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ هَذَا قَدْ تَبِعَنَا، فَإِنْ شِئْتَ أَنْ تَأْذَنَ لَهُ فَأْذَنْ لَهُ، وَإِنْ شِئْتَ أَنْ يَرْجِعَ رَجَعَ ". فَقَالَ لاَ، بَلْ قَدْ أَذِنْتُ لَهُ.
Abu Masʼud al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abu Shuayb degan bir ansoriy kishi kelib, oʻz qassob quliga: «Besh kishiga yetadigan taom tayyorla — chunki men Paygʻambar ﷺ ni yana toʻrt kishi bilan birga (taomga) chaqirmoqchiman, zeroki men u zotning yuzida ochlik alomatlarini koʻrdim», — dedi. Abu Shuayb ularni (taomga) chaqirdi va ular bilan birga boshqa bir kishi (ham) keldi. Paygʻambar ﷺ (Abu Shuaybga): «Bu kishi bizga ergashdi; agar unga ruxsat bersang, u bizga qoʻshiladi; agar uni qaytarishni xohlasang, u qaytib ketadi», — dedilar. Abu Shuayb: «Yoʻq, men unga ruxsat berdim (u ham taomga marhamat)», — dedi.