حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عَدِيٍّ، عَنْ شُعْبَةَ، عَنْ سُلَيْمَانَ، عَنْ أَبِي الضُّحَى، عَنْ مَسْرُوقٍ، عَنْ خَبَّابٍ، قَالَ كُنْتُ قَيْنًا فِي الْجَاهِلِيَّةِ، وَكَانَ لِي عَلَى الْعَاصِ بْنِ وَائِلٍ دَيْنٌ، فَأَتَيْتُهُ أَتَقَاضَاهُ قَالَ لاَ أُعْطِيكَ حَتَّى تَكْفُرَ بِمُحَمَّدٍ صلى الله عليه وسلم. فَقُلْتُ لاَ أَكْفُرُ حَتَّى يُمِيتَكَ اللَّهُ، ثُمَّ تُبْعَثَ. قَالَ دَعْنِي حَتَّى أَمُوتَ وَأُبْعَثَ، فَسَأُوتَى مَالاً وَوَلَدًا فَأَقْضِيَكَ فَنَزَلَتْ
﴿ وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَـٰبِ إِبْرَٰهِيمَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ صِدِّيقًا نَّبِيًّا إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ يَـٰٓأَبَتِ لِمَ تَعْبُدُ مَا لَا يَسْمَعُ وَلَا يُبْصِرُ وَلَا يُغْنِى عَنكَ شَيْـًٔا ﴾{أَفَرَأَيْتَ الَّذِي كَفَرَ بِآيَاتِنَا وَقَالَ لأُوتَيَنَّ مَالاً وَوَلَدًا * أَطَّلَعَ الْغَيْبَ أَمِ اتَّخَذَ عِنْدَ الرَّحْمَنِ عَهْدًا }Xabbob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men johiliyat davrida temirchi edim va Os ibn Voilda mening (haqim) — bir oz qarz — bor edi; bas, men uni talab qilish uchun uning oldiga bordim. U (menga): «Sen Muhammadni inkor qilmaguncha, men senga (qarzni) toʻlamayman», — dedi. Men: «Alloh seni oʻldirib, soʻng seni qayta tiriltirmaguncha, men inkor qilmayman», — dedim. U: «Meni qoʻy — to men oʻlib, qayta tirilgunimcha; soʻng menga mol va farzandlar beriladi va men senga qarzingni toʻlayman», — dedi. Shu munosabat bilan Paygʻambar ﷺ ga (mana bu oyat) nozil qilindi: ‹Bizning oyatlarimizni inkor qilgan va: «Albatta, menga mol va farzandlar beriladi», — degan (kishi)ni koʻrdingmi? U gʻaybni bildimi yoki Rahmondan (Allohdan) ahd (vaʼda) oldimi?› (Maryam, 77-78).