حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ، عَنْ أَبِي حَازِمٍ، قَالَ أَتَى رِجَالٌ إِلَى سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ يَسْأَلُونَهُ عَنِ الْمِنْبَرِ، فَقَالَ بَعَثَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِلَى فُلاَنَةَ ـ امْرَأَةٍ قَدْ سَمَّاهَا سَهْلٌ ـ " أَنْ مُرِي غُلاَمَكِ النَّجَّارَ، يَعْمَلُ لِي أَعْوَادًا أَجْلِسُ عَلَيْهِنَّ إِذَا كَلَّمْتُ النَّاسَ ". فَأَمَرَتْهُ يَعْمَلُهَا مِنْ طَرْفَاءِ الْغَابَةِ ثُمَّ جَاءَ بِهَا، فَأَرْسَلَتْ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِهَا، فَأَمَرَ بِهَا فَوُضِعَتْ، فَجَلَسَ عَلَيْهِ.
Abu Hozim (Sahl ibn Saʼddan) rivoyat qiladi: Baʼzi kishilar Sahl ibn Saʼd oldiga — minbar haqida soʻrash uchun — keldi. U: «Allohning Rasuli ﷺ bir ayolga (Sahl uning nomini aytdi, mana bu xabarni) joʻnatdi: ‹Oʻz duradgor qulingga buyur — menga (bir necha) yogʻoch (boʻlak)dan (minbar) yasasin — toki men odamlarga xutba aytayotganimda uning ustida oʻtiray›. Bas, u (ayol) unga — uni oʻrmon tamariskidan (gʻarb yogʻochidan) yasashni — buyurdi. U (qul) uni unga keltirdi va u (ayol) uni Allohning Rasuli ﷺ ga joʻnatdi. Allohning Rasuli ﷺ uni masjidga qoʻyishni buyurdi; bas, u qoʻyildi va u zot uning ustida oʻtirdilar», — dedi.