حَدَّثَنَا أَبُو النُّعْمَانِ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، حَدَّثَنَا أَيُّوبُ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " الْبَيِّعَانِ بِالْخِيَارِ مَا لَمْ يَتَفَرَّقَا، أَوْ يَقُولُ أَحَدُهُمَا لِصَاحِبِهِ اخْتَرْ ". وَرُبَّمَا قَالَ أَوْ يَكُونُ بَيْعَ خِيَارٍ.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Sotuvchi va xaridor — ular ajrashmaguncha, yoki ulardan biri boshqasiga: ‹(Endi) tanla (yaʼni savdoni bekor yoki tasdiqlash haqida qaror qil)›, — demaguncha — savdoni bekor qilish yoki tasdiqlash ixtiyoriga ega», — dedilar. Balki u zot: «Yoki (savdo) ixtiyorli boʻlsa», — degan boʻlishi (mumkin). Ibn Umar, Shurayh, Shaʼbiy, Tovus, Ato va Ibn Abu Mulayka bu hukmda (bir-biriga) muvofiq (keldi).