حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ يُوسُفَ، أَخْبَرَنَا مَالِكٌ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَنِ ابْتَاعَ طَعَامًا فَلاَ يَبِيعُهُ حَتَّى يَسْتَوْفِيَهُ ".
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Kim taom (oziq-ovqat) sotib olsa, uni — oʻzi sotib olgan oʻlchov (miqdor) bilan toʻliq qabul qilib (egallab) olmaguncha — sotmasin», — dedilar.