حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ عُفَيْرٍ، قَالَ حَدَّثَنِي اللَّيْثُ، قَالَ حَدَّثَنِي عُقَيْلٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي عَامِرُ بْنُ سَعْدٍ، أَنَّ أَبَا سَعِيدٍ ـ رضى الله عنه ـ أَخْبَرَهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم نَهَى عَنِ الْمُنَابَذَةِ، وَهْىَ طَرْحُ الرَّجُلِ ثَوْبَهُ بِالْبَيْعِ إِلَى الرَّجُلِ، قَبْلَ أَنْ يُقَلِّبَهُ، أَوْ يَنْظُرَ إِلَيْهِ، وَنَهَى عَنِ الْمُلاَمَسَةِ، وَالْمُلاَمَسَةُ لَمْسُ الثَّوْبِ لاَ يَنْظُرُ إِلَيْهِ.
Abu Said (al-Xudriy) (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ — ‹munobaza› bilan sotishdan qaytardi; yaʼni oʻz kiyimini — xaridorga uni tekshirish yoki koʻrishga imkon bermay — (unga) uloqtirib sotish. Shuningdek, u zot — ‹mulamasa› bilan sotishdan (ham) qaytardi. Mulamasa — masalan, bir kiyimni — unga qaramay, faqat (qoʻl bilan) teginib — sotib olish.