حَدَّثَنَا أَبُو النُّعْمَانِ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم نَهَى عَنِ الْمُزَابَنَةِ قَالَ وَالْمُزَابَنَةُ أَنْ يَبِيعَ الثَّمَرَ بِكَيْلٍ، إِنْ زَادَ فَلِي وَإِنْ نَقَصَ فَعَلَىَّ. قَالَ وَحَدَّثَنِي زَيْدُ بْنُ ثَابِتٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم رَخَّصَ فِي الْعَرَايَا بِخَرْصِهَا.
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ muzobanadan qaytardi. Muzobana — yangi mevani (oʻlchamay) — oʻlchov bilan (oʻlchangan) biror narsaga — shu asosda sotish(dir)ki, agar oʻsha narsa mevadan koʻp chiqsa, ortiqcha(si) meva sotuvchisiga (qoladi), agar kam chiqsa, bu ham uning (zarari) boʻladi. Ibn Umardan, Zayd ibn Sobitdan rivoyat qilinadiki, Paygʻambar ﷺ daraxtdagi mevani — (pishganda) tahminan oʻlchab — sotishga ruxsat berdi.