حَدَّثَنَا حَجَّاجُ بْنُ مِنْهَالٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، قَالَ أَخْبَرَنِي عَوْنُ بْنُ أَبِي جُحَيْفَةَ، قَالَ رَأَيْتُ أَبِي اشْتَرَى حَجَّامًا، فَسَأَلْتُهُ عَنْ ذَلِكَ،. قَالَ إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم نَهَى عَنْ ثَمَنِ الدَّمِ، وَثَمَنِ الْكَلْبِ، وَكَسْبِ الأَمَةِ، وَلَعَنَ الْوَاشِمَةَ وَالْمُسْتَوْشِمَةَ، وَآكِلَ الرِّبَا، وَمُوكِلَهُ، وَلَعَنَ الْمُصَوِّرَ.
Avn ibn Abu Juhayfa (otasidan) rivoyat qiladi: Men otamning — hijoma (qon olish) kasbi bilan shugʻullanadigan bir qul sotib olganini va uning (hijoma) asboblarini sindirishni buyurganini — koʻrdim. Men undan — nega bunday qildi, deb — soʻradim. U: «Allohning Rasuli ﷺ qon (puli)ni olish, it (sotishning) puli va choriya (kaniz)ning fohishalik bilan topgan daromadini (olish)dan qaytardi; u zot tatuirovka (badanga naqsh) qiluvchi ayolni va tatuirovka qildiruvchi ayolni, ribo yeguvchini hamda surat yasaguvchini laʼnatladi», — deb javob berdi.