حَدَّثَنَا عُمَرُ بْنُ حَفْصٍ، حَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ مُسْلِمٍ، عَنْ مَسْرُوقٍ، حَدَّثَنَا خَبَّابٌ، قَالَ كُنْتُ رَجُلاً قَيْنًا فَعَمِلْتُ لِلْعَاصِ بْنِ وَائِلٍ فَاجْتَمَعَ لِي عِنْدَهُ فَأَتَيْتُهُ أَتَقَاضَاهُ فَقَالَ لاَ وَاللَّهِ لاَ أَقْضِيكَ حَتَّى تَكْفُرَ بِمُحَمَّدٍ. فَقُلْتُ أَمَا وَاللَّهِ حَتَّى تَمُوتَ ثُمَّ تُبْعَثَ فَلاَ. قَالَ وَإِنِّي لَمَيِّتٌ ثُمَّ مَبْعُوثٌ قُلْتُ نَعَمْ. قَالَ فَإِنَّهُ سَيَكُونُ لِي ثَمَّ مَالٌ وَوَلَدٌ فَأَقْضِيكَ. فَأَنْزَلَ اللَّهُ تَعَالَى
﴿ أَفَرَأَيْتَ الَّذِي كَفَرَ بِآيَاتِنَا وَقَالَ لأُوتَيَنَّ مَالاً وَوَلَدًا ﴾Xabbob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men temirchi edim va Os ibn Voilga bir oz ish qildim. U menga — ishim uchun — bir oz qarzdor boʻlganda, men oʻsha (haq)ni soʻrash uchun uning oldiga bordim. U: «Sen Muhammadni inkor qilmaguncha, men senga (haqni) toʻlamayman», — dedi. Men: «Allohga qasamki, sen oʻlib, qayta tirilguningcha, men buni hech qachon qilmayman», — dedim. U: «Men oʻlib, soʻng oʻlimimdan keyin qayta tirilamanmi?» — dedi. Men: «Ha», — dedim. U: «Oʻshanda menda mol va farzandlar boʻladi va men senga haqingni toʻlayman», — dedi. Soʻng Alloh (mana bu oyatni) nozil qildi: ‹Bizning oyatlarimizni inkor qilgan va: «Menga mol va farzandlar beriladi», — degan (kishi)ni koʻrdingmi?› (Maryam, 77).