حَدَّثَنَا أَبُو عَاصِمٍ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَبِي عُبَيْدٍ، عَنْ سَلَمَةَ بْنِ الأَكْوَعِ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم أُتِيَ بِجَنَازَةٍ، لِيُصَلِّيَ عَلَيْهَا، فَقَالَ " هَلْ عَلَيْهِ مِنْ دَيْنٍ ". قَالُوا لاَ. فَصَلَّى عَلَيْهِ، ثُمَّ أُتِيَ بِجَنَازَةٍ أُخْرَى، فَقَالَ " هَلْ عَلَيْهِ مَنْ دَيْنٍ ". قَالُوا نَعَمْ. قَالَ " صَلُّوا عَلَى صَاحِبِكُمْ ". قَالَ أَبُو قَتَادَةَ عَلَىَّ دَيْنُهُ يَا رَسُولَ اللَّهِ. فَصَلَّى عَلَيْهِ.
Salama ibn Akvaʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ ning oldiga — u zot janoza namozini oʻqib berishi uchun — bir oʻlik keltirildi. U zot: «Uning qarzi bormi?» — deb soʻradilar. Odamlar ‹yoʻq› (deb javob berganda), u zot uning janoza namozini oʻqidi. Soʻng boshqa bir oʻlik keltirildi va u zot: «Uning qarzi bormi?» — deb soʻradilar. Ular: «Ha», — dedi. U zot (namoz oʻqishni rad etib): «Oʻz doʻstingizning namozini (oʻzlaringiz) oʻqinglar», — dedilar. Abu Qatoda: «Yo Rasululloh, men uning qarzini toʻlash(ni oʻz zimmamga) olaman», — dedi. Bas, Allohning Rasuli ﷺ uning janoza namozini oʻqidi.