حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، قَالَ حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنِ ابْنِ أَبِي السَّفَرِ، عَنِ الشَّعْبِيِّ، عَنْ عَدِيِّ بْنِ حَاتِمٍ، قَالَ سَأَلْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " إِذَا أَرْسَلْتَ كَلْبَكَ الْمُعَلَّمَ فَقَتَلَ فَكُلْ، وَإِذَا أَكَلَ فَلاَ تَأْكُلْ، فَإِنَّمَا أَمْسَكَهُ عَلَى نَفْسِهِ ". قُلْتُ أُرْسِلُ كَلْبِي فَأَجِدُ مَعَهُ كَلْبًا آخَرَ قَالَ " فَلاَ تَأْكُلْ، فَإِنَّمَا سَمَّيْتَ عَلَى كَلْبِكَ، وَلَمْ تُسَمِّ عَلَى كَلْبٍ آخَرَ ".
Adiy ibn Hotim (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Paygʻambar ﷺ dan (ov itlari haqida) soʻradim. U zot: «Agar oʻrgatilgan itingni (Alloh nomini aytib) ov uchun qoʻyib yuborsang va u (ovni) tutsa, uni yeyaver; lekin it (ovdan) yegan boʻlsa, uni yema — chunki it uni oʻzi uchun tutgan», — dedilar. Men: «Baʼzan itimni ovga yuboraman-u, uning yonida boshqa it (ham) boʻladi», — dedim. U zot: «(Unda ovni) yema; chunki sen Alloh nomini faqat oʻz itingni yuborayotganda aytgansan, boshqa itni emas», — dedilar.