حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، قَالَ حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم دَعَا بِإِنَاءٍ مِنْ مَاءٍ، فَأُتِيَ بِقَدَحٍ رَحْرَاحٍ فِيهِ شَىْءٌ مِنْ مَاءٍ، فَوَضَعَ أَصَابِعَهُ فِيهِ. قَالَ أَنَسٌ فَجَعَلْتُ أَنْظُرُ إِلَى الْمَاءِ يَنْبُعُ مِنْ بَيْنِ أَصَابِعِهِ، قَالَ أَنَسٌ فَحَزَرْتُ مَنْ تَوَضَّأَ مَا بَيْنَ السَّبْعِينَ إِلَى الثَّمَانِينَ.
Sobit (Anasdan) rivoyat qiladi: Anas dedi: «Paygʻambar ﷺ suv soʻradilar; u zotga tagi keng, chuqur boʻlmagan, ozgina suv boʻlgan bir idish keltirildi; u zot barmoqlarini unga soldilar». Anas yana dedi: «Men suvning u zotning barmoqlari orasidan otilib chiqayotganini koʻrdim». Anas qoʻshimcha qildi: «Men undan tahorat olgan odamlarni yetmishdan saksongacha deb chamaladim».