حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ خَالِدٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ يَزِيدَ، عَنْ أَبِي الْخَيْرِ، عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم أَعْطَاهُ غَنَمًا يَقْسِمُهَا عَلَى صَحَابَتِهِ، فَبَقِيَ عَتُودٌ فَذَكَرَهُ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ "ضَحِّ بِهِ أَنْتَ."
Uqba ibn Omir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ unga — sahobalari orasida taqsimlash uchun — qoʻylar bergan edi va (taqsimdan keyin) bir erkak uloq (echki bolasi) qoldi. U buni Paygʻambar ﷺ ga aytganda, u zot (unga): «Uni oʻz nomingdan qurbonlik qil», — dedilar.