حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ فَضَالَةَ، حَدَّثَنَا هِشَامٌ، عَنْ يَحْيَى بْنِ أَبِي كَثِيرٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مَنْ أَمْسَكَ كَلْبًا فَإِنَّهُ يَنْقُصُ كُلَّ يَوْمٍ مِنْ عَمَلِهِ قِيرَاطٌ، إِلاَّ كَلْبَ حَرْثٍ أَوْ مَاشِيَةٍ ". قَالَ ابْنُ سِيرِينَ وَأَبُو صَالِحٍ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم " إِلاَّ كَلْبَ غَنَمٍ أَوْ حَرْثٍ أَوْ صَيْدٍ ". وَقَالَ أَبُو حَازِمٍ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم " كَلْبَ صَيْدٍ أَوْ مَاشِيَةٍ ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Kim it saqlasa, uning yaxshi amallari savobidan har kuni bir qirot kamayadi — magar it dala (ekinzor) yoki chorvani qoʻriqlash uchun (boqilgan) boʻlsa», — dedilar. Abu Hurayra (boshqa rivoyatda) Paygʻambar ﷺ dan: «...magar u qoʻy yoki dalalarni qoʻriqlash, yoki ov qilish uchun (boqilgan) boʻlsa», — deb (rivoyat qildi). Abu Hozim, Abu Hurayradan rivoyat qildi: Paygʻambar ﷺ: «Chorvani qoʻriqlash yoki ov qilish uchun (boqilgan) it (mustasno)», — dedilar.