حَدَّثَنَا مُحَمَّدٌ، أَخْبَرَنَا عَبْدُ اللَّهِ، أَخْبَرَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ حَنْظَلَةَ بْنِ قَيْسٍ الأَنْصَارِيِّ، سَمِعَ رَافِعَ بْنَ خَدِيجٍ، قَالَ كُنَّا أَكْثَرَ أَهْلِ الْمَدِينَةِ مُزْدَرَعًا، كُنَّا نُكْرِي الأَرْضَ بِالنَّاحِيَةِ مِنْهَا مُسَمًّى لِسَيِّدِ الأَرْضِ، قَالَ فَمِمَّا يُصَابُ ذَلِكَ وَتَسْلَمُ الأَرْضُ، وَمِمَّا يُصَابُ الأَرْضُ وَيَسْلَمُ ذَلِكَ، فَنُهِينَا، وَأَمَّا الذَّهَبُ وَالْوَرِقُ فَلَمْ يَكُنْ يَوْمَئِذٍ.
Rofeʼ ibn Xadij (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Madinada (boshqa) hammadan koʻproq dalalarda ishlar edik. Biz yerni — uning maʼlum, belgilangan bir qismining hosili yer egasiga beriladigan (sharti) bilan — ijaraga olar edik. Baʼzan oʻsha qismning ekini ofat (kasallik) bilan zararlanar, qolgani esa sogʻ qolar edi yoki aksincha boʻlar edi; shuning uchun Paygʻambar ﷺ bu (odat)dan qaytardi. Oʻsha paytda (yer ijarasi uchun) oltin yoki kumush ishlatilmas edi. Agar ular urugʻni (yer egasi) bersa, ular shuncha-shuncha (hosil) olar edi.