حَدَّثَنَا عَبْدَانُ، عَنْ أَبِي حَمْزَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ شَقِيقٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ ـ رضى الله عنه ـ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ يَقْتَطِعُ بِهَا مَالَ امْرِئٍ، هُوَ عَلَيْهَا فَاجِرٌ، لَقِيَ اللَّهَ وَهْوَ عَلَيْهِ غَضْبَانُ" فَأَنْزَلَ اللَّهُ تَعَالَى
﴿ إِنَّ الَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ اللَّهِ وَأَيْمَانِهِمْ ثَمَنًا قَلِيلاً ﴾ الآيَةَ. فَجَاءَ الأَشْعَثُ فَقَالَ مَا حَدَّثَكُمْ أَبُو عَبْدِ الرَّحْمَنِ، فِيَّ أُنْزِلَتْ هَذِهِ الآيَةُ، كَانَتْ لِي بِئْرٌ فِي أَرْضِ ابْنِ عَمٍّ لِي فَقَالَ لِي " شُهُودَكَ ". قُلْتُ مَا لِي شُهُودٌ. قَالَ " فَيَمِينَهُ ". قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِذًا يَحْلِفَ. فَذَكَرَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم هَذَا الْحَدِيثَ، فَأَنْزَلَ اللَّهُ ذَلِكَ تَصْدِيقًا لَهُ.Abdulloh (ibn Masʼud) (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Kim — birovni oʻz molidan mahrum qilish uchun — yolgʻon qasam ichsa, u Allohni — U gʻazablangan holda — uchratadi», — dedilar. Alloh (mana bu oyatni) nozil qildi: ‹Albatta, Allohning ahdini va oʻz qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar...› (Oli Imron, 77). Ashʼas (Abdulloh hadis aytayotgan joyga) kelib: «Abu Abdurrahmon (yaʼni Abdulloh) sizlarga nima aytdi? Bu oyat men haqimda nozil boʻldi. Mening amakivachchamning yerida bir quduqim bor edi. Paygʻambar ﷺ mendan (oʻz daʼvomni tasdiqlash uchun) guvohlar keltirishni soʻradi. Men: ‹Menda guvohlar yoʻq›, — dedim. U zot: ‹Unda javobgar (raqib) qasam ichsin›, — dedi. Men: ‹Yo Rasululloh, u darrov (yolgʻon) qasam ichadi›, — dedim. Soʻng Paygʻambar ﷺ yuqoridagi (hadis)ni aytdi va Alloh — u zot aytgan (gap)ni tasdiqlab — oyatni nozil qildi», — dedi.