حَدَّثَنَا عَبْدَانُ، أَخْبَرَنَا عَبْدُ اللَّهِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عُرْوَةَ، قَالَ خَاصَمَ الزُّبَيْرَ رَجُلٌ مِنَ الأَنْصَارِ، فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " يَا زُبَيْرُ اسْقِ ثُمَّ أَرْسِلْ ". فَقَالَ الأَنْصَارِيُّ إِنَّهُ ابْنُ عَمَّتِكَ. فَقَالَ عَلَيْهِ السَّلاَمُ " اسْقِ يَا زُبَيْرُ، ثُمَّ يَبْلُغُ الْمَاءُ الْجَدْرَ، ثُمَّ أَمْسِكْ ". فَقَالَ الزُّبَيْرُ فَأَحْسِبُ هَذِهِ الآيَةَ نَزَلَتْ فِي ذَلِكَ
﴿ َلاَ وَرَبِّكَ لاَ يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ﴾. قَالَ مُحَمَّدُ بْنُ الْعَبَّاسِ قَالَ أَبُو عَبْدِ اللَّهِ لَيْسَ أَحَدٌ يَذْكُرُ عُرْوَةَ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، إِلاَّ اللَّيْثُ فَقَطْ.Urva (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir ansoriy kishi Zubayr bilan janjallashganda, Paygʻambar ﷺ: «Ey Zubayr! Avval (oʻz yeringni) sugʻor, soʻng suvni (boshqalarning yeriga) oqizib yubor», — dedilar. Shunda ansoriy (Paygʻambar ﷺ ga): «(Bu) — u sizning ammangizning oʻgʻli boʻlgani uchunmi?» — dedi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Ey Zubayr! Suvni — to u daraxtlar atrofidagi (chuqurchalar orasidagi) devorchalarga yetguncha — (oʻz yeringda) sugʻor, soʻng toʻxta (yaʼni suvni boshqaning yeriga qoʻyib yubor)», — dedilar. Menimcha, mana bu oyat shu voqea munosabati bilan nozil boʻldi: ‹Yoʻq, Robbingga qasamki, ular — oʻz orasidagi nizolarda seni hakam qilmaguncha — (haqiqiy) moʻmin boʻlmaydi› (Niso, 65).