حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ الرَّبِيعِ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنِ الأَشْعَثِ بْنِ سُلَيْمٍ، قَالَ سَمِعْتُ مُعَاوِيَةَ بْنَ سُوَيْدٍ، سَمِعْتُ الْبَرَاءَ بْنَ عَازِبٍ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ أَمَرَنَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بِسَبْعٍ، وَنَهَانَا عَنْ سَبْعٍ. فَذَكَرَ عِيَادَةَ الْمَرِيضِ، وَاتِّبَاعَ الْجَنَائِزِ، وَتَشْمِيتَ الْعَاطِسِ، وَرَدَّ السَّلاَمِ، وَنَصْرَ الْمَظْلُومِ، وَإِجَابَةَ الدَّاعِي، وَإِبْرَارَ الْمُقْسِمِ.
Muoviya ibn Suvayd (Baro ibn Ozibdan) rivoyat qiladi: Men Baro ibn Ozibning shunday deganini eshitdim: «Paygʻambar ﷺ bizni yetti narsani qilishga buyurdi va yetti boshqa narsadan qaytardi». Soʻng Baro (bularni) zikr qildi: (1) kasalni (uning ahvolini soʻrab) ziyorat qilish; (2) janoza (marosimlari)ga ergashish; (3) aksa urgan kishiga — agar u: ‹Alhamdulilloh›, — desa — ‹Yarhamukalloh (Alloh senga rahm qilsin)›, deyish; (4) salomga javob qaytarish; (5) mazlumga yordam berish; (6) (taklif)larni qabul qilish; (7) va qasam ichganlarga — oʻz qasamini bajarishda — yordam berish.