حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ فَضَالَةَ، حَدَّثَنَا أَبُو عُمَرَ، حَفْصُ بْنُ مَيْسَرَةَ عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ ـ رضى الله عنه ـ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِيَّاكُمْ وَالْجُلُوسَ عَلَى الطُّرُقَاتِ ". فَقَالُوا مَا لَنَا بُدٌّ، إِنَّمَا هِيَ مَجَالِسُنَا نَتَحَدَّثُ فِيهَا. قَالَ " فَإِذَا أَبَيْتُمْ إِلاَّ الْمَجَالِسَ فَأَعْطُوا الطَّرِيقَ حَقَّهَا " قَالُوا وَمَا حَقُّ الطَّرِيقِ قَالَ " غَضُّ الْبَصَرِ، وَكَفُّ الأَذَى، وَرَدُّ السَّلاَمِ، وَأَمْرٌ بِالْمَعْرُوفِ، وَنَهْىٌ عَنِ الْمُنْكَرِ ".
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Ehtiyot boʻlinglar! Yoʻllarda oʻtirishdan saqlaninglar», — dedilar. Odamlar: «Buning (iloji) yoʻq — chunki bular bizning oʻtiradigan joylarimiz(dir): biz u yerda suhbat quramiz», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Agar (oʻsha yerda) oʻtirishdan (oʻzga iloj) boʻlmasa, unda yoʻlning haqlarini ado etinglar», — dedilar. Ular: «Yoʻlning haqlari nima?» — deb soʻradi. U zot: «Ular — koʻzni (haromdan) past tutish, (odamlarga) zarar yetkazmaslik, salomga javob qaytarish, yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish(dir)», — dedilar.