حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ حُمَيْدٍ، عَنْ أَنَسٍ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَانَ عِنْدَ بَعْضِ نِسَائِهِ، فَأَرْسَلَتْ إِحْدَى أُمَّهَاتِ الْمُؤْمِنِينَ مَعَ خَادِمٍ بِقَصْعَةٍ فِيهَا طَعَامٌ فَضَرَبَتْ بِيَدِهَا، فَكَسَرَتِ الْقَصْعَةَ، فَضَمَّهَا، وَجَعَلَ فِيهَا الطَّعَامَ وَقَالَ " كُلُوا ". وَحَبَسَ الرَّسُولَ وَالْقَصْعَةَ حَتَّى فَرَغُوا، فَدَفَعَ الْقَصْعَةَ الصَّحِيحَةَ وَحَبَسَ الْمَكْسُورَةَ. وَقَالَ ابْنُ أَبِي مَرْيَمَ أَخْبَرَنَا يَحْيَى بْنُ أَيُّوبَ، حَدَّثَنَا حُمَيْدٌ، حَدَّثَنَا أَنَسٌ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم.
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ oʻz zavjalaridan biri (uyi)da ekanlarida, moʻminlarning onalaridan biri (yaʼni u zotning boshqa zavjasi) bir xizmatkor bilan — taom solingan bir yogʻoch kosani — yubordi. (Paygʻambar ﷺ qaysi zavjasining uyida oʻtirgan boʻlsa, oʻsha) zavjasi kosani qoʻli bilan urib sindirib yubordi. Paygʻambar ﷺ sinib ketgan boʻlaklarni yigʻdi va taomni qaytadan unga soldi hamda: «Yenglar», — dedilar. U zot — taom yenguncha — xizmatkorni va kosani (oʻz yonida) ushlab turdi. Soʻng Paygʻambar ﷺ xizmatkorga — sinmagan boshqa bir kosani — berdi va sinib ketganini (oʻzida) ushlab qoldi.