حَدَّثَنَا عُبَيْدُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنْ هِشَامٍ، أَخْبَرَنِي أَبِي أَنَّ حَكِيمَ بْنَ حِزَامٍ ـ رضى الله عنه ـ أَعْتَقَ فِي الْجَاهِلِيَّةِ مِائَةَ رَقَبَةٍ، وَحَمَلَ عَلَى مِائَةِ بَعِيرٍ، فَلَمَّا أَسْلَمَ حَمَلَ عَلَى مِائَةِ بَعِيرٍ وَأَعْتَقَ مِائَةَ رَقَبَةٍ، قَالَ فَسَأَلْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ، أَرَأَيْتَ أَشْيَاءَ كُنْتُ أَصْنَعُهَا فِي الْجَاهِلِيَّةِ، كُنْتُ أَتَحَنَّثُ بِهَا، يَعْنِي أَتَبَرَّرُ بِهَا، قَالَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَسْلَمْتَ عَلَى مَا سَلَفَ لَكَ مِنْ خَيْرٍ ".
Hishom (otasidan) rivoyat qiladi: Otam menga aytdiki, Hakim ibn Hizom johiliyat davrida bir yuz qulni ozod qilgan va bir yuz tuya soʻygan (hamda ularni sadaqa qilib tarqatgan) edi. U Islomni qabul qilganda, yana bir yuz tuya soʻydi va bir yuz qulni ozod qildi. Hakim: «Men Allohning Rasuli ﷺ dan: ‹Yo Rasululloh, men johiliyat davrida — ularni savob ishlar deb — qilib yurgan baʼzi yaxshi amallarim haqida nima deysiz?› — deb soʻradim. Allohning Rasuli ﷺ: ‹Sen oʻsha qilgan barcha yaxshi amallaring bilan birga Islomga kirding›, — dedilar», — dedi.