حَدَّثَنَا عَبْدَانُ، قَالَ أَخْبَرَنَا عَبْدُ اللَّهِ، قَالَ أَخْبَرَنَا هِشَامُ بْنُ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا اغْتَسَلَ مِنَ الْجَنَابَةِ غَسَلَ يَدَيْهِ، وَتَوَضَّأَ وُضُوءَهُ لِلصَّلاَةِ ثُمَّ اغْتَسَلَ، ثُمَّ يُخَلِّلُ بِيَدِهِ شَعَرَهُ، حَتَّى إِذَا ظَنَّ أَنْ قَدْ أَرْوَى بَشَرَتَهُ، أَفَاضَ عَلَيْهِ الْمَاءَ ثَلاَثَ مَرَّاتٍ، ثُمَّ غَسَلَ سَائِرَ جَسَدِهِ. وَقَالَتْ كُنْتُ أَغْتَسِلُ أَنَا وَرَسُولُ اللَّهِ، صلى الله عليه وسلم مِنْ إِنَاءٍ وَاحِدٍ نَغْرِفُ مِنْهُ جَمِيعًا.
Hishom ibn Urva (otasidan, u Oishadan) rivoyat qiladi: Oisha: «Rasululloh ﷺ janobatdan gusl qilganlarida, qoʻllarini tozalab, namoz tahoratidek tahorat olardilar, soʻng gusl qilib, sochlarini — boshning butun terisi hoʻllanganini sezguncha — ishqalardilar; soʻng uch marta suv quyib, badanlarining qolgan (qismi)ni yuvardilar», — dedi. Oisha yana: «Men va Rasululloh ﷺ bir idishdan, undan birga suv olib, gusl qilardik», — dedi.