حَدَّثَنَا عَبْدَانُ، قَالَ أَخْبَرَنَا أَبُو حَمْزَةَ، قَالَ سَمِعْتُ الأَعْمَشَ، عَنْ سَالِمٍ، عَنْ كُرَيْبٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ قَالَتْ مَيْمُونَةُ وَضَعْتُ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم غُسْلاً، فَسَتَرْتُهُ بِثَوْبٍ، وَصَبَّ عَلَى يَدَيْهِ فَغَسَلَهُمَا، ثُمَّ صَبَّ بِيَمِينِهِ عَلَى شِمَالِهِ، فَغَسَلَ فَرْجَهُ، فَضَرَبَ بِيَدِهِ الأَرْضَ فَمَسَحَهَا، ثُمَّ غَسَلَهَا فَمَضْمَضَ، وَاسْتَنْشَقَ، وَغَسَلَ وَجْهَهُ وَذِرَاعَيْهِ، ثُمَّ صَبَّ عَلَى رَأْسِهِ، وَأَفَاضَ عَلَى جَسَدِهِ، ثُمَّ تَنَحَّى فَغَسَلَ قَدَمَيْهِ، فَنَاوَلْتُهُ ثَوْبًا فَلَمْ يَأْخُذْهُ، فَانْطَلَقَ وَهْوَ يَنْفُضُ يَدَيْهِ.
Maymuna (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men Paygʻambar ﷺ ning gusli uchun suv qoʻyib, ularni kiyim bilan toʻsdim. U zot qoʻllariga suv quyib yuvdilar. Soʻng oʻng qoʻllari bilan chap qoʻllariga (suv) quyib, avratlarini yuvdilar; qoʻllarini yerga ishqalab yuvdilar; ogʻizlarini chaydilar, burunlariga suv tortib qoqdilar; yuzlarini va bilaklarini yuvdilar. Boshlariga va badanlariga suv quydilar. Soʻng oʻsha joydan surilib, oyoqlarini yuvdilar. Men u zotga bir parcha mato berdim, lekin u zot uni olmay, badanlaridan suvni ikki qoʻllari bilan artib chiqdilar.