حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، قَالَ أَخْبَرَنِي عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُتْبَةَ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ أَخْبَرَهُ أَنَّهُ، سَمِعَ الصَّعْبَ بْنَ جَثَّامَةَ اللَّيْثِيَّ،، وَكَانَ، مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم يُخْبِرُ أَنَّهُ أَهْدَى لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم حِمَارَ وَحْشٍ وَهْوَ بِالأَبْوَاءِ ـ أَوْ بِوَدَّانَ ـ وَهْوَ مُحْرِمٌ فَرَدَّهُ، قَالَ صَعْبٌ فَلَمَّا عَرَفَ فِي وَجْهِي رَدَّهُ هَدِيَّتِي قَالَ " لَيْسَ بِنَا رَدٌّ عَلَيْكَ، وَلَكِنَّا حُرُمٌ ".
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U Saʼb ibn Jassoma al-Laysiyning — u Paygʻambar ﷺ ning sahobalaridan biri edi — shunday deganini eshitdi: «U Allohning Rasuli ﷺ ga — u zot Abvo yoki Vaddon degan joyda va ihromda ekan paytda — bir yovvoyi eshakning goʻshtini berdi. Paygʻambar ﷺ uni qabul qilmadi. Paygʻambar ﷺ Saʼbning yuzida — uning hadyasi qabul qilinmaganligi sababli — gʻam-qaygʻu (alomatlarini) koʻrganda, u zot (unga): ‹Biz sening hadyangni rad etmayapmiz, lekin biz ihromda(miz)›, — dedilar», — dedi.