حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ قَزَعَةَ، حَدَّثَنَا مَالِكٌ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ أَبِيهِ، سَمِعْتُ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ ـ رضى الله عنه ـ يَقُولُ حَمَلْتُ عَلَى فَرَسٍ فِي سَبِيلِ اللَّهِ، فَأَضَاعَهُ الَّذِي كَانَ عِنْدَهُ، فَأَرَدْتُ أَنْ أَشْتَرِيَهُ مِنْهُ، وَظَنَنْتُ أَنَّهُ بَائِعُهُ بِرُخْصٍ، فَسَأَلْتُ عَنْ ذَلِكَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " لاَ تَشْتَرِهِ، وَإِنْ أَعْطَاكَهُ بِدِرْهَمٍ وَاحِدٍ، فَإِنَّ الْعَائِدَ فِي صَدَقَتِهِ كَالْكَلْبِ يَعُودُ فِي قَيْئِهِ ".
Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Alloh yoʻlida (jihod uchun) bir ot berdim. Ot berilgan kishi unga (yaxshi) qaramadi. Men — u uni arzon sotar, deb oʻylab — uni undan sotib olishni niyat qildim. Paygʻambar ﷺ dan soʻraganimda, u zot: «Uni sotib olma — garchi u uni senga bir dirhamga bersa ham; chunki oʻz sadaqasini qaytib oladigan kishi — oʻz qusugʻini yalaydigan it kabi(dir)», — dedilar.