حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عَدِيٍّ، عَنْ هِشَامٍ، حَدَّثَنَا عِكْرِمَةُ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ أَنَّ هِلاَلَ بْنَ أُمَيَّةَ، قَذَفَ امْرَأَتَهُ عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم بِشَرِيكِ بْنِ سَحْمَاءَ، فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " الْبَيِّنَةُ أَوْ حَدٌّ فِي ظَهْرِكَ ". فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِذَا رَأَى أَحَدُنَا عَلَى امْرَأَتِهِ رَجُلاً يَنْطَلِقُ يَلْتَمِسُ الْبَيِّنَةَ فَجَعَلَ يَقُولُ " الْبَيِّنَةَ وَإِلاَّ حَدٌّ فِي ظَهْرِكَ ". فَذَكَرَ حَدِيثَ اللِّعَانِ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Hilol ibn Umayya oʻz xotinini Paygʻambar ﷺ ning oldida — Sharik ibn Sahmo bilan zino qilganlikda — aybladi. Paygʻambar ﷺ: «Dalil keltir, aks holda, sening belingga (qamchi bilan) hadd (jazo)si (uriladi)», — dedilar. Hilol: «Yo Rasululloh, agar birortamiz oʻz xotini ustida boshqa bir erkakni koʻrsa, u dalil qidirishga borarmidi?» — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Dalil keltir, aks holda, sening belingga hadd (jazo)si (uriladi)», — deb (takrorlayver)dilar. Soʻng Paygʻambar ﷺ — (Qurʼondagi kabi) lion (qargʻish bilan qasamlashuv) (oyatlari)ni zikr qildi (Nur surasi).