حَدَّثَنِي إِسْحَاقُ، أَخْبَرَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، أَخْبَرَنَا الْعَوَّامُ، قَالَ حَدَّثَنِي إِبْرَاهِيمُ أَبُو إِسْمَاعِيلَ السَّكْسَكِيُّ، سَمِعَ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ أَبِي أَوْفَى ـ رضى الله عنهما ـ يَقُولُ أَقَامَ رَجُلٌ سِلْعَتَهُ فَحَلَفَ بِاللَّهِ لَقَدْ أُعْطِيَ بِهَا مَا لَمْ يُعْطَهَا فَنَزَلَتْ
﴿ إِنَّ الَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ اللَّهِ وَأَيْمَانِهِمْ ثَمَنًا قَلِيلاً ﴾ وَقَالَ ابْنُ أَبِي أَوْفَى النَّاجِشُ آكِلُ رِبًا خَائِنٌ.Abdulloh ibn Abu Avfo (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi bozorda baʼzi mollarni (sotuvga) qoʻydi va — unga shuncha (narx) taklif qilingan, deb — yolgʻon qasam ichdi — holbuki, unga oʻsha miqdor taklif qilinmagan edi. Shunda (mana bu) oyat nozil boʻldi: ‹Albatta, Allohning ahdini va oʻz qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar... (ularga) alamli azob (bor)› (Oli Imron, 77). Ibn Abu Avfo qoʻshdi: «Yuqorida tasvirlangan kishi — xoin riboxoʻr (sudxoʻr)(dir)».