حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ حَمْزَةَ، حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ سَعْدٍ، عَنْ صَالِحٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ أَخْبَرَهُ قَالَ أَخْبَرَنِي أَبُو سُفْيَانَ، أَنَّ هِرَقْلَ، قَالَ لَهُ سَأَلْتُكَ مَاذَا يَأْمُرُكُمْ فَزَعَمْتَ أَنَّهُ أَمَرَكُمْ بِالصَّلاَةِ وَالصِّدْقِ وَالْعَفَافِ وَالْوَفَاءِ بِالْعَهْدِ وَأَدَاءِ الأَمَانَةِ. قَالَ وَهَذِهِ صِفَةُ نَبِيٍّ.
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Abu Sufyon menga aytdiki, Hiraql (Irakliy) unga: «Men sendan — u (Muhammad) sizlarni nimaga buyuradi, deb — soʻraganimda, sen — u sizlarni namoz oʻqishga, rost soʻzlashga, iffatli boʻlishga, vaʼdani bajarishga va omonatlarni (egasiga) qaytarishga buyuradi, deb — javob berding», — dedi. Soʻng Hiraql: «Bular — haqiqatan (ham) paygʻambar(ning) sifatlari(dir)», — deb qoʻshdi.