حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ الرَّحِيمِ، أَخْبَرَنَا سَعِيدُ بْنُ سُلَيْمَانَ، حَدَّثَنَا مَرْوَانُ بْنُ شُجَاعٍ، عَنْ سَالِمٍ الأَفْطَسِ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، قَالَ سَأَلَنِي يَهُودِيٌّ مِنْ أَهْلِ الْحِيرَةِ أَىَّ الأَجَلَيْنِ قَضَى مُوسَى قُلْتُ لاَ أَدْرِي حَتَّى أَقْدَمَ عَلَى حَبْرِ الْعَرَبِ فَأَسْأَلَهُ. فَقَدِمْتُ، فَسَأَلْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ فَقَالَ قَضَى أَكْثَرَهُمَا وَأَطْيَبَهُمَا، إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا قَالَ فَعَلَ.
Said ibn Jubayr (Ibn Abbosdan) rivoyat qiladi: Hiradan boʻlgan bir yahudiy mendan — Muso (alayhissalom) ikki muddatdan qaysi birini toʻliq bajardi, deb — soʻradi. Men: «Bilmayman, (lekin kutib tur) — to men eng bilimdon arabni koʻrib, undan bu haqda soʻragunimcha», — dedim. Bas, men Ibn Abbosning oldiga borib, undan soʻradim. U: «Muso — uzunroq va yaxshiroq muddatni toʻliq bajardi», — deb javob berdi. Ibn Abbos qoʻshdi: «Shubhasiz, Allohning paygʻambari — har doim oʻzi aytgan (narsa)ni bajaradi».