قَالَ عُرْوَةُ فَأَخْبَرَتْنِي عَائِشَةُ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَمْتَحِنُهُنَّ بِهَذِهِ الآيَةِ
﴿ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا جَاءَكُمُ الْمُؤْمِنَاتُ مُهَاجِرَاتٍ فَامْتَحِنُوهُنَّ ﴾ إِلَى ﴿ غَفُورٌ رَحِيمٌ ﴾. قَالَ عُرْوَةُ قَالَتْ عَائِشَةُ فَمَنْ أَقَرَّ بِهَذَا الشَّرْطِ مِنْهُنَّ قَالَ لَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " قَدْ بَايَعْتُكِ ". كَلاَمًا يُكَلِّمُهَا بِهِ، وَاللَّهِ مَا مَسَّتْ يَدُهُ يَدَ امْرَأَةٍ قَطُّ فِي الْمُبَايَعَةِ، وَمَا بَايَعَهُنَّ إِلاَّ بِقَوْلِهِ.Urva (Oishadan) rivoyat qiladi: Oisha menga aytdi: «Allohning Rasuli ﷺ ularni (hijrat qilib kelgan ayollarni) mana bu oyatga koʻra imtihon qilar edi: ‹Ey iymon keltirganlar! Moʻmina ayollar sizning oldingizga hijrat qilib kelsa, ularni imtihon qilinglar... chunki Alloh — magʻfiratli, rahmli(dir)› (Mumtahina, 10-12)». Oisha: «Ulardan biri oʻsha shartga rozi boʻlganda, Allohning Rasuli ﷺ unga: ‹Men sening bayʼatingni qabul qildim›, — der edi. U zot faqat shu (soʻzni) aytar edi, lekin, Allohga qasamki, u zot bayʼat olish paytida hech bir ayolning qoʻlini (hech) tegizmas (yaʼni ular bilan qoʻl berib koʻrishmas) edi va ularning bayʼatini — faqat oʻz soʻzi bilan — olar edi», — dedi.