حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، حَدَّثَنَا أَبُو الزِّنَادِ، عَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَالَتِ الأَنْصَارُ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم اقْسِمْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ إِخْوَانِنَا النَّخِيلَ. قَالَ " لاَ ". فَقَالَ تَكْفُونَا الْمَئُونَةَ وَنُشْرِكُكُمْ فِي الثَّمَرَةِ. قَالُوا سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ansorlar Paygʻambar ﷺ ga: «Xurmo daraxtlarimizni biz bilan muhojir birodarlarimiz orasida taqsimla», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Yoʻq», — dedilar. Ansorlar muhojirlarga: «Sizlar (bizning bogʻlarimizda) ishlanglar va biz mevani sizlar bilan boʻlishamiz», — dedi. Muhojirlar: «Eshitdik va itoat qildik», — dedi.