حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ زُرَيْعٍ، حَدَّثَنَا مَعْمَرٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ سَعِيدٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لاَ يَبِيعُ حَاضِرٌ لِبَادٍ، وَلاَ تَنَاجَشُوا، وَلاَ يَزِيدَنَّ عَلَى بَيْعِ أَخِيهِ، وَلاَ يَخْطُبَنَّ عَلَى خِطْبَتِهِ، وَلاَ تَسْأَلِ الْمَرْأَةُ طَلاَقَ أُخْتِهَا لِتَسْتَكْفِئَ إِنَاءَهَا ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Shaharlik (kishi) badaviy uchun (uning molini) sotmasin. Najsh qilmanglar (yaʼni odamlarni aldash uchun — sotib olmoqchi boʻlmagan narsaga baland narx aytmanglar). Hech bir musulmon — musulmon birodari (allaqachon) sotib olgan narsasiga koʻproq narx taklif qilmasin va boshqa musulmonga unashtirilgan qizga sovchi qoʻymasin. Musulmon ayol — oʻz (din) singlisining (yaʼni boshqa musulmon ayolning) taloq qilinishini — oʻzi uning oʻrniga oʻtish uchun — talab qilmasin», — dedilar.