حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْعَلاَءِ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنْ سُفْيَانَ، عَنْ عُمَارَةَ، عَنْ أَبِي زُرْعَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَالَ رَجُلٌ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم يَا رَسُولَ اللَّهِ، أَىُّ الصَّدَقَةِ أَفْضَلُ قَالَ " أَنْ تَصَدَّقَ وَأَنْتَ صَحِيحٌ حَرِيصٌ. تَأْمُلُ الْغِنَى، وَتَخْشَى الْفَقْرَ، وَلاَ تُمْهِلْ حَتَّى إِذَا بَلَغَتِ الْحُلْقُومَ قُلْتَ لِفُلاَنٍ كَذَا وَلِفُلاَنٍ كَذَا، وَقَدْ كَانَ لِفُلاَنٍ ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Paygʻambar ﷺ dan: «Yo Rasululloh! Qaysi sadaqa eng yaxshi?» — deb soʻradi. U zot: «Sen — sogʻlom, ochkoʻz (molparast), boy boʻlishni umid qilib, kambagʻal boʻlishdan qoʻrqib turgan holatda — sadaqa berishing. Sadaqa berishni — joning boʻgʻzingga (halqumingga) yetib, ‹Falonchiga shuncha, falonchiga shuncha (beringlar)›, — deydigan paytgacha kechiktirma — holbuki, u (mol) allaqachon falonchining (vorisning) boʻlib qolgan», — dedilar.