حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ يُوسُفَ، أَخْبَرَنَا مَالِكٌ، عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ، أَنَّهُ سَمِعَ أَنَسًا ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم لأَبِي طَلْحَةَ " أَرَى أَنْ تَجْعَلَهَا فِي الأَقْرَبِينَ ". قَالَ أَبُو طَلْحَةَ أَفْعَلُ يَا رَسُولَ اللَّهِ. فَقَسَمَهَا أَبُو طَلْحَةَ فِي أَقَارِبِهِ وَبَنِي عَمِّهِ. وَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ لَمَّا نَزَلَتْ
﴿ وَأَنْذِرْ عَشِيرَتَكَ الأَقْرَبِينَ ﴾ جَعَلَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يُنَادِي " يَا بَنِي فِهْرٍ، يَا بَنِي عَدِيٍّ ". لِبُطُونِ قُرَيْشٍ. وَقَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ لَمَّا نَزَلَتْ ﴿ وَأَنْذِرْ عَشِيرَتَكَ الأَقْرَبِينَ ﴾ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " يَا مَعْشَرَ قُرَيْشٍ ".Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ Abu Talhaga: «Men senga — (mana bu bogʻni) oʻz qarindoshlaring orasida taqsimlashingni — tavsiya qilaman», — dedi. Abu Talha: «Yo Rasululloh! Men shunday qilaman», — dedi. Bas, Abu Talha uni oʻz qarindoshlari va amakivachchalari orasida taqsimladi. Ibn Abbos: «‹Eng yaqin qarindoshlaringni ogohlantir› (Shuaro, 214) — (oyati) nozil boʻlganda, Paygʻambar ﷺ Qurayshning turli katta oilalarini: ‹Ey Bani Fihr! Ey Bani Adiy!›, — deb chaqira boshladi», — dedi. Abu Hurayra: «‹Eng yaqin qarindoshlaringni ogohlantir› (oyati) nozil boʻlganda, Paygʻambar ﷺ (baland ovozda): ‹Ey Quraysh ahli!›, — dedi», — dedi.