حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْفَضْلِ أَبُو النُّعْمَانِ، حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ أَبِي بِشْرٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ إِنَّ نَاسًا يَزْعُمُونَ أَنَّ هَذِهِ الآيَةَ نُسِخَتْ، وَلاَ وَاللَّهِ مَا نُسِخَتْ، وَلَكِنَّهَا مِمَّا تَهَاوَنَ النَّاسُ، هُمَا وَالِيَانِ وَالٍ يَرِثُ، وَذَاكَ الَّذِي يَرْزُقُ، وَوَالٍ لاَ يَرِثُ، فَذَاكَ الَّذِي يَقُولُ بِالْمَعْرُوفِ، يَقُولُ لاَ أَمْلِكُ لَكَ أَنْ أُعْطِيَكَ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Baʼzi odamlar — yuqoridagi oyatdagi (Niso, 8) hukm bekor qilingan, deb — daʼvo qiladi; Allohga qasamki, u bekor qilinmagan, balki odamlar unga amal qilishni toʻxtatgan. (Merosni boshqaradigan) ikki xil vasiy (homiy) bor: biri — meros oladigan (kishi); bunday kishi (oʻzi olgan merosdan qarindoshlar, yetimlar va muhtojlarga) bersin; ikkinchisi — meros olmaydigan (masalan, yetimlarning vasiysi); bunday kishi — muloyim gapirsin va (taqsimot paytida hozir boʻlganlarga): ‹Men buni sizlarga bera olmayman (chunki mol yetimlarniki)›, — desin.