وَقَالَ لَنَا سُلَيْمَانُ حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ نَافِعٍ، قَالَ مَا رَدَّ ابْنُ عُمَرَ عَلَى أَحَدٍ وَصِيَّةً. وَكَانَ ابْنُ سِيرِينَ أَحَبَّ الأَشْيَاءِ إِلَيْهِ فِي مَالِ الْيَتِيمِ أَنْ يَجْتَمِعَ إِلَيْهِ نُصَحَاؤُهُ وَأَوْلِيَاؤُهُ فَيَنْظُرُوا الَّذِي هُوَ خَيْرٌ لَهُ. وَكَانَ طَاوُسٌ إِذَا سُئِلَ عَنْ شَىْءٍ مِنْ أَمْرِ الْيَتَامَى قَرَأَ {وَاللَّهُ يَعْلَمُ الْمُفْسِدَ مِنَ الْمُصْلِحِ}. وَقَالَ عَطَاءٌ فِي يَتَامَى الصَّغِيرُ وَالْكَبِيرُ يُنْفِقُ الْوَلِيُّ عَلَى كُلِّ إِنْسَانٍ بِقَدْرِهِ مِنْ حِصَّتِهِ.
Nofiʼ: «Ibn Umar — vasiy (homiy) qilib tayinlanishni hech qachon rad etmas edi», — dedi. Ibn Siringa yetimning moli haqida eng sevimli (narsa) shu ediki: yetimning maslahatchisi va vasiylari yigʻilib, u uchun nima yaxshi ekanini hal qilardi. Tovusdan yetimning ishlari haqida biror narsa soʻralganda, u: ‹...Alloh buzgʻunchini yaxshilikni (niyat qilgan)dan ajratib biladi...› (Baqara, 220), — deb (oyat) oʻqir edi. Ato baʼzi yetimlar haqida: «Vasiy — yetimlarning ulushlaridan, ularning ehtiyojiga koʻra, kichik va katta (yetim)larni taʼminlasin», — dedi.