حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ، أَنَّهُ سَمِعَ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ ـ رضى الله عنه ـ يَقُولُ كَانَ أَبُو طَلْحَةَ أَكْثَرَ أَنْصَارِيٍّ بِالْمَدِينَةِ مَالاً مِنْ نَخْلٍ، وَكَانَ أَحَبُّ مَالِهِ إِلَيْهِ بَيْرَحَاءَ مُسْتَقْبِلَةَ الْمَسْجِدِ، وَكَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يَدْخُلُهَا وَيَشْرَبُ مِنْ مَاءٍ فِيهَا طَيِّبٍ. قَالَ أَنَسٌ فَلَمَّا نَزَلَتْ
﴿ لَنْ تَنَالُوا الْبِرَّ حَتَّى تُنْفِقُوا مِمَّا تُحِبُّونَ ﴾ قَامَ أَبُو طَلْحَةَ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ يَقُولُ ﴿ لَنْ تَنَالُوا الْبِرَّ حَتَّى تُنْفِقُوا مِمَّا تُحِبُّونَ ﴾ وَإِنَّ أَحَبَّ أَمْوَالِي إِلَىَّ بِيرُحَاءَ، وَإِنَّهَا صَدَقَةٌ لِلَّهِ أَرْجُو بِرَّهَا وَذُخْرَهَا عِنْدَ اللَّهِ، فَضَعْهَا حَيْثُ أَرَاكَ اللَّهُ. فَقَالَ " بَخْ، ذَلِكَ مَالٌ رَابِحٌ ـ أَوْ رَايِحٌ ـ شَكَّ ابْنُ مَسْلَمَةَ وَقَدْ سَمِعْتُ مَا قُلْتَ، وَإِنِّي أَرَى أَنْ تَجْعَلَهَا فِي الأَقْرَبِينَ ". قَالَ أَبُو طَلْحَةَ أَفْعَلُ ذَلِكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ. فَقَسَمَهَا أَبُو طَلْحَةَ فِي أَقَارِبِهِ وَفِي بَنِي عَمِّهِ. وَقَالَ إِسْمَاعِيلُ وَعَبْدُ اللَّهِ بْنُ يُوسُفَ وَيَحْيَى بْنُ يَحْيَى عَنْ مَالِكٍ " رَايِحٌ ".Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abu Talha — Madinada ansorlar ichida eng koʻp xurmo (bogʻi) mol-mulkiga ega edi va u — barcha molidan koʻra — masjid (Paygʻambar ﷺ ning masjidi)ning roʻparasida joylashgan Bayruho (bogʻi)ni qadrlardi. Paygʻambar ﷺ u (bogʻ)ga kirib, uning toza (chuchuk) suvidan ichar edi. ‹Sevgan (mol)laringizdan sarflamaguningizcha, hech qachon birrga (taqvoga) erisha olmaysiz› (Oli Imron, 92) — (oyati) kelganda, Abu Talha (oʻrnidan) turib: «Yo Rasululloh! Alloh: ‹Sevgan (mol)laringizdan sarflamaguningizcha, birrga erisha olmaysiz›, — deydi; va men — barcha molimdan koʻra — Bayruhoni qadrlayman; men uni — Allohdan mukofotini umid qilib — Alloh yoʻlida sadaqa qilmoqchiman. Bas, uni — Alloh sizga qanday koʻrsatsa (buyursa), shunday — ishlating», — dedi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Barakalla! Bu — foydali (yoki: tez nobud boʻladigan) mol (Ibn Maslama — qaysi soʻz toʻgʻri, yaʼni foydalimi yoki nobud boʻladiganmi — bilmaydi). Men sen aytgan (narsa)ni eshitdim va men senga — buni oʻz qarindoshlaring orasida taqsimlashingni — tavsiya qilaman», — dedi. Shunda Abu Talha: «Yo Rasululloh! Men (siz aytganday) qilaman», — dedi. Bas, Abu Talha oʻsha bogʻni oʻz qarindoshlari va amakivachchalari orasida taqsimladi.