حَدَّثَنَا يُوسُفُ بْنُ يَعْقُوبَ الصَّفَّارُ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ ابْنُ عُلَيَّةَ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ حُمَيْدِ بْنِ هِلاَلٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ خَطَبَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " أَخَذَ الرَّايَةَ زَيْدٌ فَأُصِيبَ، ثُمَّ أَخَذَهَا جَعْفَرٌ فَأُصِيبَ، ثُمَّ أَخَذَهَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ رَوَاحَةَ فَأُصِيبَ، ثُمَّ أَخَذَهَا خَالِدُ بْنُ الْوَلِيدِ عَنْ غَيْرِ إِمْرَةٍ فَفُتِحَ لَهُ ـ وَقَالَ ـ مَا يَسُرُّنَا أَنَّهُمْ عِنْدَنَا ". قَالَ أَيُّوبُ أَوْ قَالَ " مَا يَسُرُّهُمْ أَنَّهُمْ عِنْدَنَا ". وَعَيْنَاهُ تَذْرِفَانِ.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ xutba qilib: «Zayd bayroqni oldi va shahid boʻldi; soʻng Jaʼfar bayroqni oldi va shahid boʻldi; soʻng Abdulloh ibn Ravoha bayroqni oldi va u (ham) shahid boʻldi; soʻng Xolid ibn Valid — sarkarda qilib tayinlanmagan boʻlsa ham — bayroqni oldi va Alloh uni gʻolib qildi», — dedi. Paygʻambar ﷺ yana: «Ularning biz bilan (birga) boʻlishi bizni xursand qilmaydi», — deb qoʻshdi. Ayyub — rivoyatchi: «Yoki Paygʻambar ﷺ koʻzidan yosh oqizib: ‹Ularning biz bilan (birga) boʻlishi ularni xursand qilmaydi (yaʼni ular jannat fazlini koʻrib, dunyoga qaytishni istamaydi)›, — dedi», — deb qoʻshdi.