حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، قَالَ سَمِعْتُ الْبَرَاءَ ـ رضى الله عنه ـ يَقُولُ لَمَّا نَزَلَتْ
﴿ لاَ يَسْتَوِي الْقَاعِدُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ ﴾ دَعَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم زَيْدًا، فَجَاءَ بِكَتِفٍ فَكَتَبَهَا، وَشَكَا ابْنُ أُمِّ مَكْتُومٍ ضَرَارَتَهُ فَنَزَلَتْ ﴿ لاَ يَسْتَوِي الْقَاعِدُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ غَيْرُ أُولِي الضَّرَرِ ﴾.Baro (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: ‹Moʻminlardan (uyda) oʻtiradiganlar...› (oyati) nozil boʻlganda, Paygʻambar ﷺ Zayd (ibn Sobit)ni (chaqirib) yubordi va u bir kurak suyagi bilan keldi hamda unga (oyatni) yozdi. Ibn Ummu Maktum oʻz koʻrligidan (shikoyat qilib) arz qildi; shunda (mana bu) vahiy keldi: ‹Moʻminlardan (uyda) oʻtiradiganlar — ozor (jarohat, koʻrlik, choloqlik va boshqa) sababli (uzrli boʻlganlar)dan boshqasi — va Alloh yoʻlida mol-jonlari bilan jihod qiladiganlar barobar emas› (Niso, 95).