حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنِ الْبَرَاءِ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَوْمَ الأَحْزَابِ يَنْقُلُ التُّرَابَ وَقَدْ وَارَى التُّرَابُ بَيَاضَ بَطْنِهِ، وَهُوَ يَقُولُ لَوْلاَ أَنْتَ مَا اهْتَدَيْنَا وَلاَ تَصَدَّقْنَا وَلاَ صَلَّيْنَا. فَأَنْزِلِ السَّكِينَةَ عَلَيْنَا وَثَبِّتِ الأَقْدَامَ إِنْ لاَقَيْنَا. إِنَّ الأُلَى قَدْ بَغَوْا عَلَيْنَا إِذَا أَرَادُوا فِتْنَةً أَبَيْنَا.
Baro (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Ahzob (jamoalar — Xandaq) kuni men Paygʻambar ﷺ ni tuproq tashiyotganini koʻrdim va tuproq u zotning qornining oqligini (koʻmib) yopgan edi. U zot: «(Allohim!) Sen boʻlmaganingda, biz hidoyat ham topmas, sadaqa ham bermas va namoz ham oʻqimas edik. Bas, bizga sokinlik (xotirjamlik) ato et va dushmanlarimiz bilan toʻqnashganimizda, qadamlarimizni mustahkam qil. Albatta, (mana bu) odamlar bizga qarshi (zulm bilan) bosh koʻtardi; lekin ular bizga fitna (balo) keltirmoqchi boʻlsa, biz hech qachon boʻyin egmaymiz», — deb aytar edi.