حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ أَبِي حَازِمٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ سَهْلٍ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّهُ سُئِلَ عَنْ جُرْحِ النَّبِيِّ، صلى الله عليه وسلم يَوْمَ أُحُدٍ. فَقَالَ جُرِحَ وَجْهُ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَكُسِرَتْ رَبَاعِيَتُهُ وَهُشِمَتِ الْبَيْضَةُ عَلَى رَأْسِهِ، فَكَانَتْ فَاطِمَةُ ـ عَلَيْهَا السَّلاَمُ ـ تَغْسِلُ الدَّمَ وَعَلِيٌّ يُمْسِكُ، فَلَمَّا رَأَتْ أَنَّ الدَّمَ لاَ يَزِيدُ إِلاَّ كَثْرَةً أَخَذَتْ حَصِيرًا فَأَحْرَقَتْهُ حَتَّى صَارَ رَمَادًا ثُمَّ أَلْزَقَتْهُ، فَاسْتَمْسَكَ الدَّمُ.
Sahl (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Undan Uhud (jangi) kuni Paygʻambar ﷺ ning yarasi haqida soʻralganda, u: «Paygʻambar ﷺ ning yuzi yaralandi, old tishlaridan biri sindi va boshidagi dubulgʻa parchalandi. Fotima qonni yuvar, Ali esa suv tutib turardi. U (Fotima) qon toʻxtovsiz koʻpayib borayotganini koʻrgach, bir (xurmo bargidan toʻqilgan) boʻyrani — kulga aylangunicha — kuydirdi va uni yaraga qoʻydi; shu tariqa qon (oqishi) toʻxtadi», — dedi.