حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَهَّابِ، حَدَّثَنَا خَالِدٌ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم وَهْوَ فِي قُبَّةٍ " اللَّهُمَّ إِنِّي أَنْشُدُكَ عَهْدَكَ وَوَعْدَكَ، اللَّهُمَّ إِنْ شِئْتَ لَمْ تُعْبَدْ بَعْدَ الْيَوْمِ ". فَأَخَذَ أَبُو بَكْرٍ بِيَدِهِ فَقَالَ حَسْبُكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ، فَقَدْ أَلْحَحْتَ عَلَى رَبِّكَ، وَهْوَ فِي الدِّرْعِ، فَخَرَجَ وَهْوَ يَقُولُ
﴿ سَيُهْزَمُ الْجَمْعُ وَيُوَلُّونَ الدُّبُرَ * بَلِ السَّاعَةُ مَوْعِدُهُمْ وَالسَّاعَةُ أَدْهَى وَأَمَرُّ ﴾. وَقَالَ وُهَيْبٌ حَدَّثَنَا خَالِدٌ يَوْمَ بَدْرٍ.Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ — (Badr jangi kuni) chodirda (turib): «Allohim! Men Sendan Oʻz ahding va vaʼdangni bajarishingni soʻrayman. Allohim! Agar Sen (moʻminlarni halok qilishni) xohlasang, bugundan keyin Senga hech qachon ibodat qilinmaydi», — dedi. Abu Bakr uning qoʻlidan ushlab: «Yetar, yo Allohning Paygʻambari! Sen Allohga juda (qattiq) yalinib soʻrading», — dedi. U zot oʻsha paytda sovutini kiygan edi. U zot — menga: ‹(Mushriklar) toʻdasi yaqinda magʻlub etiladi va ular orqalarini oʻgirib (qochadi). Yoʻq! Balki (qiyomat) Soati — ularning (jazolanish) muddatidir va oʻsha Soat — (dunyodagi magʻlubiyatidan koʻra) yanada dahshatli va yanada achchiqroqdir› (Qamar, 45-46) — deb — tashqariga chiqdi. Xolid: «Bu — Badr jangi kuni (boʻlgan) edi», — dedi.